Excel orqali zapchast yuklash: yuzlab mahsulotni bir marta qo'shish

Sotuvchi kabinetida Mahsulotlar → Excel'dan orqali Excel, CSV yoki matnli PDF jadvalni bir marta yuklab, yuzlab zapchastni qo'shasiz. Majburiy ustunlar: nomi, narxi, soni; har mahsulotda rasm bo'lishi shart. Yuklashdan oldin ro'yxat va o'tkazib yuboriladigan qatorlar sabab bilan ko'rsatiladi.

Yangilangan:

Fayl talablari

Formatlar
Excel (.xlsx, .xls), CSV, ODS yoki matnli jadvali bor PDF
Birinchi qator
Ustun nomlari
Majburiy ustunlar
Nomi, narxi, soni
Ixtiyoriy ustunlar
Kategoriya (bo'lmasa nomidan aniqlanadi), tavsif, rasm, artikul
Rasm
Majburiy: ustunda havola yoki Excel katakchasiga joylangan rasm
Narx
Fayldagi narx — mahsulot narxi sifatida yuklanadi

Yuklash: 5 qadam

  • Do'kon ochilgan bo'lishi kerak: avval do'kon oching.
  • Sotuvchi kabinetida Mahsulotlar bo'limida "Excel'dan" tugmasini bosing.
  • Faylni tanlang yoki sahifaga tashlang; ustunlar noto'g'ri topilsa, ularni o'zingiz belgilaysiz.
  • Ro'yxatni ko'rib chiqing: yuklanadigan mahsulotlar va o'tkazib yuboriladigan qatorlar sabab bilan chiqadi.
  • Rasmsiz mahsulot bo'lsa rasm qo'shing, so'ng yuklashni tasdiqlang.

Yuklashdan keyin

Mahsulotlar do'kon administrator tasdig'idan keyin xaridorga ko'rinadi. Tasdiq kutilayotgan do'kon ham mahsulot qo'sha oladi — katalogni oldindan tayyorlab qo'yasiz. Mahsulotga mos mashinalarni alohida qo'shsangiz, model bo'yicha qidiruvda ham chiqadi (savdoni oshirish yo'llari).

Omborni RAOS'da yuritasizmi? Kabinetdagi Ombor bo'limi qo'lda ikki marta kiritishni oldini oladi (batafsil).

Ko'p so'raladigan savollar

Excel orqali mahsulot qanday yuklanadi?

Sotuvchi kabinetida Mahsulotlar → Excel'dan: faylni tanlaysiz, nomi, narxi va soni ustunlarini belgilaysiz, ro'yxatni ko'rib chiqib yuklashni tasdiqlaysiz. Mahsulotlar do'kon tasdiqlangach ko'rinadi.

Qaysi fayl formatlari qabul qilinadi?

Excel (.xlsx, .xls), CSV, ODS va matnli jadvali bor PDF. Birinchi qator ustun nomlari bo'lishi kerak; majburiy ustunlar nomi, narxi va soni, qolganlari ixtiyoriy.

Excel'da rasm bo'lmasa nima bo'ladi?

Rasmsiz mahsulotlar bo'lsa yuklash tugmasi bloklanadi va nechta mahsulotda rasm yo'qligi ko'rsatiladi. "Rasm" ustuniga havola yozing yoki rasmni Excel katakchasiga joylang.

Fayldagi narx qanday yuklanadi?

Fayldagi narx mahsulot narxi sifatida yuklanadi; yuklagandan keyin uni mahsulot kartochkasida tekshirib, kerak bo'lsa tahrirlaysiz.

Xato qatorlar bo'lsa nima qilaman?

Yuklashdan oldin o'tkazib yuboriladigan qatorlar ro'yxati va sababi chiqadi. Faylni tuzatib qayta yuklashingiz yoki qolgan mahsulotlarni yuklashingiz mumkin; xato qator boshqa mahsulotlarni to'xtatmaydi.

Yana